Qirg‘izistonlik fuqaroda vabo aniqlandi
Hozirda u bilan aloqada bo‘lganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Dehlidan Olmaotaga uchayotgan samolyot yo‘lovchisida vabo aniqlandi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston fuqarosi o‘z vataniga Qozog‘iston orqali ketayotgan bo‘lgan. Sanitariya shifokorlari uni ko‘rikdan o‘tkazganda yo‘lovchiga vabo tashxisini qo‘yilgan.
Hozirda bemor va u bilan aloqada bo‘lgan yo‘lovchilar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Parvozdagi boshqa yo‘lovchilarga alomatlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya qilingan.







