Jahon

Rossiyaning Orsk shahrida to‘g‘on yorildi

Shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda

Rossiyaning Orsk shahrida to‘g‘on yorildi

Rossiyaning Orenburg viloyati, Orsk shahrida to‘g‘on yorildi. Shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. 10 ming kishi yashashi mumkin bo‘lgan 4 mingga yaqin xususiy turar-joy binolari suv bosishi xavfi ostida.

 

Avvalroq Orskda suv toshqini tufayli favqulodda holat joriy etilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar to‘g‘onni mustahkamlash ishlarini olib bormoqda.

 

«To‘g‘on yorilishi, birinchi navbatda, Orskning xususiy sektoriga tahdid soladi; 10 ming kishi yashashi mumkin bo‘lgan 4 minggacha uy suv toshqini zonasiga tushishi mumkin. Qutqaruvchilar guruhi kuchaytirildi, ishga og‘ir yuk mashinalari qo‘shildi», deyiladi FVV xabarida.

 

Orsk maʼmuriyati mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da «to‘g‘on buzilishi xavfi tufayli» aholi evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi. Aholiga hujjatlarni to‘plash va 6 ta vaqtinchalik joylashtirish markaziga ko‘chib o‘tish tavsiya qilindi. «Bu gidrotexnik inshoot emas. To‘g‘on shahar chekkasidagi suv oqimi harakatini tartibga solish uchun mo‘ljallangan edi», deb xabar berdi viloyat maʼmuriyati.

 

Orenburg viloyatida ob-havo isishi tufayli daryolardagi suv sathi keskin ko‘tarilgan. Oqibatda 95 ta aholi punkti hududida 1825 ta turar-joy binosi va 5242 ta tomorqa yerlari suv ostida qolgan. 4 aprelga o‘tar kechasi Ural daryosidagi Iriklinskiy suv omboridan suv oqimi sekundiga 890 dan 1672 kub metrgacha ko‘tarildi. Viloyatda favqulodda holat rejimi joriy etildi.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.