O'zbekiston

Toshkent aeroportida ayrim cheklovlar joriy qilindi

Kuzatuvchilarning aeroportning jo‘nab ketish zaliga kirishi vaqtincha cheklangan.

Toshkent aeroportida ayrim cheklovlar joriy qilindi

Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni taʼminlash va odamlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida terminal hududida bir qator cheklovlar joriy etilgan.

 

Avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakda yo‘lovchilarni tushirish 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoqroq vaqt to‘xtash lozim bo‘lsa, avtoturargohdan foydalanish kerak.

 

Shuningdek, rekonstruksiya ishlari munosabati bilan kuzatuvchilarning Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlar hamrohligidagi shaxslarga terminal ichiga kirishga ruxsat etiladi. Ushbu shaxslar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari lozim.

 

Asosiy uchib ketish terminali oldidagi birinchi qavat qurilishini o‘z ichiga olgan bosqich 2024 yil iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbariyati va “Toshkent” aeroporti maʼmuriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilar, kuzatuvchi va kutib oluvchilardan uzr so‘raydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida ayrim cheklovlar joriy qilindi | Zamon.uz