Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mehnat migrantlari bilan bog'liq Farmoni e'lon qilindi.

Prezident Farmoniga koʻra,mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan ish beruvchilarga 500 ming soʻmdan har oylik subsidiya toʻlanadi.
2024-yil 1-iyundan boshlab mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan bunday xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi.
Bunda:
— subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi;
— mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya toʻlash uchun asos boʻladi;
— mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda uch va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan koʻp vaqt boʻlmagan shaxslar tushuniladi.
Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.







