O‘zbekistonga 2 oyda 81,4 tonna kofe import qilingan
Mamlakatga yeng ko‘p qaysi davlatdan qahva import qilingani aniqlandi.

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 697,2 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 81,4 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 16 ta davlatdan kofe xarid qilgan.
2024 yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kofe import qilgan davlatlar:
— Italiya – 27,8 tonna
— Germaniya – 15,2 tonna
— Polsha – 8,8 tonna
— Rossiya – 7,4 tonna
— Buyuk Britaniya – 4 tonna
— Braziliya – 2 tonna







