O'zbekiston

Davlat idorasida kursdoshlarini maishatga chorlagan mansabdor lavozimidan olindi — video

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Davlat idorasida kursdoshlarini maishatga chorlagan mansabdor lavozimidan olindi — video

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Bahodir Toshev kursdoshlarini davlat idorasida maishat qilishga chorlagani bois lavozimidan olindi.

 

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Bahodir Toshev Telegram orqali kursdoshlariga murojaat yo‘llab, ishxonasida jonliq so‘yib, xatm qilayotgani, tadbirdan so‘ng spirtli ichimlik ichish uchun sharoit hozirlaganini aytib, ularni chaqiradi. 

 

Masʼulning xatm qilayotgani maqtovga loyiq, albatta. Lekin iziga “otim”cha qilishi bo‘lmabdi-da. Rahbarlarga maza-a? Xohlasa ishxonada ham spirtli ichimlik isteʼmol qilishini ommaga ochiqlayveradi. Qo‘rqmaydi. Nazorat yo‘qligidanmikan bu? — deyiladi Telegramʼda tarqalgan bu haqdagi xabarda. 

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmatining bildirishicha, holat masʼullar tomonidan o‘rganib chiqilgan. 

 

Joriy yilning 6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Avval xatm, iziga "otim” sarlavhasi ostida tarqalgan holatni Respublika qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli masʼullari o‘rganib chiqdi. Ushbu holat haqiqatan ham Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bilan bog‘liq ekani maʼlum bo‘ldi, — deyiladi masʼullar izohida.  

 

Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yil 15 sentyabr kuni tasvirga olingan.

 

O‘sha kuni inspeksiya boshlig‘i tug‘ilgan kuni sabab kursdoshlariga ushbu videoni yuborgan. Inspeksiyaning tegishli masʼullari Bahodir Toshevga bunday xati-harakatlar kasb etikasiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi. Toshevning ushbu harakati bois egallab turgan lavozimidan ozod etilishini maʼlum qilamiz, — deydi vazirlik vakillari.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Davlat idorasida kursdoshlarini maishatga chorlagan mansabdor lavozimidan olindi — video | Zamon.uz