Hayit kunlari metro qay tartibda ishlashi aytildi
Transport vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar harakatlanish tartibi to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.







