Britaniyalik erkak 352 kunda butun Afrika bo‘ylab yugurib chiqdi
U bu ishni amalga oshirgan dastlabki odam bo‘ldi.

Kuk ismli erkak dastlab Tunisdan Janubiy Afrikaga 240 kun ichida hech qanday dam olishsiz yugurishni rejalashtirgan edi, lekin Jazoir vizasi yo‘qligi sababli buni amalga oshira olmadi. U yugurishni 2023 yilning 22 aprelida boshlab, jami 16,3 ming km masofani bosib o‘tgan va 16 ta davlatga tashrif buyurgan.
Erkak o‘zining ruhiy muammolari, spirtli ichimliklar va qimor o‘yinlaridan aziyat chekayotganini va bu marafon bilan vaziyatni tubdan o‘zgartirmoqchi ekanini aytgan. Bundan tashqari, Kuk poyga davomida xayriya uchun taxminan 700 ming funt yig‘di.







