O'zbekiston

Ilk bor noyob genetik kasalliklar guruhi xaritasi tuzib chiqildi

Orxus universiteti bu bo‘yicha yangi tadqiqot olib bordi.

Ilk bor noyob genetik kasalliklar guruhi xaritasi tuzib chiqildi

“Ektodermal displaziya” atamasi hayot sifatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadigan genetik kasalliklarning keng doirasini qamrab oladi. Baʼzi odamlar terlamaydi, boshqalari yetishmaydigan yoki konus shaklidagi tishlar bilan tug‘iladi, uchinchisining esa sochlari juda kam, skelet shakli buzilgan yoki tirnoqlari g‘ayritabiiy bo‘ladi. Ushbu atamaga jami 49 ta tashxis to‘g‘ri keladi, ammo hozirgacha aslida qancha inson Ektodermal displaziyadan aziyat chekayotgani haqida hech qanday tekshiruv o‘tkazilmagan.

 

Daniyaning Orxus universiteti tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot birinchi bor ushbu kasallik tarqalishining sharhini taqdim etdi va u Ektodermal displaziya bilan og‘rigan bemorlar aslida ilgari taxmin qilinganidan kamroq ekanligini ko‘rsatadi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Ektodermal displaziya tashxisi qo‘yilgan odamlarning atigi 67 foizi aslida tug‘ma bemordir. “Bu juda kam uchraydigan kasalliklarni o‘rganish muhimligining sabablaridan biri”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, universitetning klinik tibbiyot kafedrasidan tibbiyot fanlari doktori Laura Krog Xerlin.

 

“Biz nafaqat eng keng tarqalgan kasalliklarni, balki noyob xastaliklarni ham o‘rganishimiz muhim. Shunda biz kelajakda yaxshiroq tashxis qo‘yish va davolashimiz mumkin”, — deydi u.

 

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, taxminan 7000 kishidan 1 nafari Ektodermal displaziya bilan tug‘iladi, ammo tadqiqot shuningdek, displaziya tashxisi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xususiyatlarni ham aniqladi. Olimlarning taʼkidlashicha, bu muhim bilim, chunki tashxislar ko‘pincha bir nechta tor sohalarga borib taqaladi va tibbiyot tizimi ichidagi mutaxassislarning hamkorligini talab qiladi.

 

Aytilishicha, bemorlarning 81 foizining tishlari anormal, 59 foizida terida va 27 foizida esa tirnoqlarida muammolari mavjud. Ularning taxminan 1/3 qismi odatdagidan kamroq terlaydi, bu ularning haddan tashqari isib ketish xavfini oshiradi.

 

“Bu shuni anglatadiki, bemorlarning ko‘pchiligi turli tor soha mutaxassislari: dermatolog, pediatr, stomatolog, klinik genetiklarga murojaat qilishadi. Shuning uchun ham bu kabi tibbiy mutaxassislar bunday bemorlarga yordam berish uchun birgalikda ishlashlari va ularning kasalliklari haqida zarur bilimlarga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham bemorlarda alohida eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan alomatlarni aniqlab olish juda muhimdir”, — deydi Laura Krog Xerlin.

 

Noyob kasalliklar bilan og‘rigan insonlar ko‘pincha o‘zlarining holati sabab odamlardan uzoq yurishga harakat qiladilar, shifokorga borishni kechiktirishlari ham mumkin. Natijada, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolanish uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin. Ektodermal displaziya haqida asoslangan bilimlarning ortishi ushbu guruh bemorlari uchun tez va sifatli davoni taʼminlashga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ilk bor noyob genetik kasalliklar guruhi xaritasi tuzib chiqildi | Zamon.uz