Qashqadaryoda tergovchi pora bilan ushlandi
U pul evaziga aybdorga yengillik qilib bermoqchi bo‘lgan.

8-aprel kuni soat 16:10 atrofida Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







