O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi chorvachilik klasteriga bordi

Shundan so‘ng Prezidentning viloyatga tashrifi yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi chorvachilik klasteriga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanidagi “Jizzax Organis” chorvachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

 

Umumiy qiymati 200 million dollar bo‘lgan bu loyiha besh yil oldin ishga tushirilgan. Yirik majmuada ochiq va yopiq inshootlar barpo etilgan.Birinchi bosqichda Yevropa davlatlari va AQSHdan “Angus”, “Gereford” naslli 4 ming bosh qoramol, Avstraliyadan “Dorper” zotli 2 ming bosh naslli qo‘y keltirilgan.

 

Mamlakatda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari – go‘sht va sut mo‘l hamda arzon bo‘lishida mana shunday majmualarning ahamiyati katta. “Jizzax Organis” klasteri o‘n ming bosh qoramol, to‘rt ming bosh qo‘y yetishtirish quvvatiga ega. Yiliga besh ming tonnagacha go‘sht yetishtiriladi. Bu yerda 750 kishi doimiy ishlaydi.

 

Korxonada barcha ish jarayonlari raqamlashtirilgan. Ekin yerlarining 1 ming 300 gektariga suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Bu ishlar uchun Avstraliya, Germaniya va AQSHdan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Umuman, klasterda qiymati o‘n million dollarlik 200 ga yaqin texnika bor. Yana bir muhim jihati, bu yerda seleksiya va genetik ishlar uchun ham imkoniyatlar bor.

 

Ozuqa yetishtirish uchun 12 ming gektar yer ajratilgan. Oxirgi o‘n yillar mobaynida foydalanilmagan yerlarning unumdorligini tiklash bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Buning uchun organik o‘g‘itlar berish, almashlab ekish tadbirlariga ahamiyat qaratilmoqda.

 

Davlat rahbariga klasterning yangi loyiha va rejalari haqida axborot berildi.

 

Qayd etilganidek, 28 million dollar sarmoya evaziga yiliga 20 ming tonna sut va 5 ming tonna go‘shtni qayta ishlash ko‘zda tutilgan. Yana 2 ming gektarda yomg‘irlatib sug‘orish orqali ozuqa yetishtiriladi.

 

Chorvachilikda nasl masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Lekin aholi boqayotgan chorvaning zotdorligi 10 foiz atrofida. Shuning uchun sunʼiy urug‘lantirishni kengaytirish, mahalliy nasllarni yaxshilash zarur.

 

Shuni hisobga olib, klaster tomonidan Zomin, Zarbdor va Yangioboddagi 15 ta mahallada “Angus” zotli qoramolni ko‘paytirib, sotib olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Banklar orqali mahallalarga beriladigan moliyaviy xizmatlar to‘plamida chorvachilikni ham nazarda tutish, ozuqa yemni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Shuning bilan davlat rahbarining Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi chorvachilik klasteriga bordi | Zamon.uz