Jahon

HAMAS yetakchisi og‘ir yo‘qotishga uchradi

G‘azoda uning uch o‘g‘li halok bo‘ldi.

HAMAS yetakchisi og‘ir yo‘qotishga uchradi

Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida HAMAS harakati siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li  halok bo‘ldi. Isroil mudofaa armiyasi ushbu maʼlumotni tasdiqlagan.

 

Xoniya Al Jazeera telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida o‘g‘illari urush vaqtida G‘azo sektorida qolgani, chorshanba kuni esa Ramazon hayiti munosabati bilan anklav shimolidagi qarindoshlarini ko‘rish uchun borishganini aytgan.

 

Xoniyaning bu bayonoti HAMASga aloqador bo‘lgan axborot agentliklarining G‘azoda uning uch nafar farzandi — Hazem, Amir va Muhammad Ismoil, shuningdek ikki nabirasi G‘azo shahridan g‘arbdagi qochqinlar lageriga yo‘llangan aviazarba qurboni bo‘lgani haqida tarqatgan xabarlar ortidan berildi.

 

SAHAL o‘ldirilganlarning barchasi HAMASning harbiy qanoti aʼzolari bo‘lganini maʼlum qilgan.

 

«Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari HAMASning G‘azo sektori markaziy qismida terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uch jangarisiga qarata zarba yo‘lladi, — deyilgan isroillik harbiylar bayonotida. — SAHAL uch nafar jangari HAMASning siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning farzandlari ekanini tasdiqlaydi».

 

Ijtimoiy tarmoqlarda xiralashtirilib tarqatilgan kadrlarda vayronalar orasida yotgan jasadlar usti yopib qo‘yilgani aks etgan.

 

Bu urush davrida Xoniyaning oila aʼzolari halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holatlar emas: uning o‘g‘illaridan biri fevral oyida, ukasi va qarindoshi oktyabrda o‘ldirilgani aytiladi, noyabrda — bir nabirasi halok bo‘lgan.

 

Xoniya o‘z farzandlari va nabiralarini “shahidlar” deb atagan va qarindoshlarining o‘ldirilishi HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardagi pozitsiyasini o‘zgartirmasligini taʼkidlagan.

 

«Bizning talablarimiz aniq va ravshan, biz hech qanday yon bermaymiz. Dushman agar muzokaralarning avj pallasida va harakatimiz takliflarga o‘z javobini berishidan oldin mening o‘g‘illarimga hujum qilishi bizni pozitsiyamizni o‘zgartirishga undaydi, deb o‘ylasa adashadi», — degan Xoniya Al Jazeera telekanaliga.

 

«Mening o‘g‘illarimning qoni xalqimizning boshqa vakillari qoni kabidir», — deya qo‘shimcha qilgan u.

 

HAMAS o‘t ochishni butunlay to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib ketish va uylarini tark etgan falastinliklarni sektorning shimoliy qismiga cheklovlarsiz qaytarish bo‘yicha dastlabki talablariga sodiq qolmoqda.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa Isroil kurashni HAMAS butkul yakson etilib, ular tomonidan ushlab turilgan isroilliklar ozod etilmagunicha kurashni davom ettirishini aytgan.

 

Avvalroq Isroil «kelgusi amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish» uchun qo‘shinlarini G‘azoning janubiy qismidan olib ketganini maʼlum qilgandi, ammo hamon butun anklav hududlari bo‘ylab alohida amaliyotlar davom ettirilmoqda.

 

Ismoil Xoniyaning o‘g‘illari va nabiralarining o‘limi xalqaro vositachilar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi kelishuvga erishish uchun faol harakatlarni amalga oshirayotgan davrga to‘g‘ri keldi. Hozircha bu voqea muzokaralar davom etishiga qay tariqa taʼsir ko‘rsatishini aytish qiyin.

 

Avvalroq Isroil harbiy kabineti vaziri va sobiq mudofaa vaziri Beni Gans hali yakuniy g‘alabaga erishilmagan bo‘lsa-da, HAMAS guruhi allaqachon harbiy mag‘lubiyatga uchraganini maʼlum qilgandi.

 

Gans shuningdek Isroil hukumati G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida amaliyot o‘tkazish rejasidan voz kechmaganini aytgan, ayni vaqtda sektor aholisining yarmidan ortiq qismi ushbu shaharda yashamoqda.

 

«SAHAL terrorchilar yashiringan barcha joylarga boradi», — degan u.

 

Ismoil Xoniya 2017 yilda HAMAS siyosiy qanoti rahbari bo‘lgan edi. U Qatar poytaxti Dohada yashaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

HAMAS yetakchisi og‘ir yo‘qotishga uchradi | Zamon.uz