O'zbekiston

“Tez yordam”ga yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi.

“Tez yordam”ga yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha yangi statistikani eʼlon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday chaqiriqlar kamayib bormoqda. 

 

2024 yilning dastlabki 3 oyida “103” xizmatiga jami 686 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Taqqoslash uchun aytsak, mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.

 

To‘g‘ri, yildan yilga bu kabi murojaatlar soni kamayib bormoqda. Biroq gap inson salomatligi haqida ketar ekan ularning bittasi ham ko‘p.

 

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024 yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Buxoro viloyatida kuzatilib, bu raqam 137 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Toshkent shahri qayd etildi — 133 ta. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 110 ta, Andijon viloyatidan 58 ta va Farg‘ona viloyatidan 57 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

 

Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — atigi 1 ta. 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Tez yordam”ga yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha qaysi hudud yetakchi? | Zamon.uz