Tunda Toshkentdagi savdo rastasida yong‘in chiqdi
Ofat 9 daqiqada bartraf etilgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10-aprel kuni Yashnobod tumani “Yangiqo‘rg‘on” MFY, Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilyon tarzida jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydondagi eski buyumlar yongan.
Toshkent shahar FVBga 22:55 da xabar kelib tushib, aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat 23:00 da yetib borgan va soat 23:09 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q, — deyiladi xabarda.







