O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada 3-o‘rinni oldi
Bellashuv Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan.

Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan “Sayan yurishi” musobaqasida jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.
Unda birinchi o‘rin Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi o‘rin esa Xitoy Xalq Respublikasiga nasib etdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari kuchli uchlikdan joy oldi.







