Toshkentda 3 kishi cho‘kib ketdi
Ayol va bola jasadi topildi, uchinchi shaxs qidirilmoqda.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda.
Fuqaro kuchli oqim oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo‘lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi taʼkidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda.







