Malika Diananing liboslari sotuvga chiqariladi
Ular orasida bor-yo‘g‘i ikki marta kiyilganlari bor.

Malika Diananing liboslari yozda Irlandiyada kim oshdi savdosiga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “Rembler” nashri.
Kim oshdi savdosida, shuningdek, Ketrin Uokerning yubka kostyumi va Filipp Somervilning shlyapasi taqdim etiladi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kiyimlar orasida malika Diana 1986 yilda ikki marta kiygan Myurrey Arbeid libosi ham bor. Ushbu kiyim 200-400 ming dollarga baholanmoqda.
Shuningdek, Kurt Geygerning davlat ziyofatiga kiyib borgan yashil poyabzali ham sotuvga taklif etiladi.







