Sidneyda nomaʼlum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Avstraliyaning Sidney shahridagi savdo markazida nomaʼlum shaxs tashrif buyuruvchilarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.
Hujumchi politsiya xodimlari tomonidan otib tashlangan. Savdo markazidagi do‘kon xodimlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, unga ikki-uch marta o‘q uzilgan.
Hozirda voqea joyida huquq-tartibot organi xodimlari ishlamoqda. Erkakning terrorchilarga aloqadorligi tekshirilmoqda.







