O'zbekiston

Toshkent aeroportida gul do‘koni ochildi

U boshqa savdo nuqtalari kabi 24 soat ishlaydi.

Toshkent aeroportida gul do‘koni ochildi

Bugun, 13 aprel kuni Toshkent aeroportining uchib kelish zonasidagi kutib oluvchilar pavilyonida "Air Flowers" brendi ostidagi gul do‘koni ish boshladi.

 

Maydoni 17 kvadrat metr bo‘lgan chakana savdo shoxobchasi E-auksion.uz elektron platformasidagi savdolar orqali o‘tkazildi. Do‘kon assortimentida ham tayyor guldastalar, ham alohida gullar mavjud bo‘lib, sotuvchi ulardan mijozning xohishiga ko‘ra guldasta yig‘ishi mumkin. Gullarni kerakli holda saqlash uchun barcha gullar tegishli havo harorati bo‘lgan maxsus kichik xonada saqlanadi. Gul do‘konida guldastalardan tashqari yumshoq o‘yinchoqlar, qutilar va sovg‘alarni o‘rash materiallari mavjud.

 

 

Poytaxt xalqaro aeroportidagi barcha savdo nuqtalari kabi gul do‘koni ham 24 soat davomida ishlaydi. To‘lov uchun milliy va xalqaro bank kartalari hamda naqd pul (o‘zbek so‘mi) qabul qilinadi. Shuningdek, kutib oluvchilar zalida qahva punkti, bankomatlar va mobil qurilmalarni quvvatlantirish stansiyasi mavjud.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida gul do‘koni ochildi | Zamon.uz