Salomatlik

Vitaminlar inson tanasida qanday vazifa bajaradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Vitaminlar inson tanasida qanday vazifa bajaradi?

Organizminng meʼyorda ishlashi uchun vitaminlar zarur organik birikma hisoblanadi. Biroq ularning qay biri tanada qanday vazifa bajarishini bilasizmi?

 

Mutaxassisning fikricha, inson salomatligida ushbu organik birikmalarning o‘rni beqiyos. Misol uchun, A vitamini hujayralarning rivojlanishi, terining ko‘rkamligi, sochlar go‘zalligi, tirnoqlar salomatligi, ko‘rish quvvatining kuchli bo‘lishi, suyaklar mustahkamligi, yurak-qon tomir, nafas olish va reproduktiv tizimlarning yaxshi ishlashi va tashqi taʼsirlardan himoyalanishni taʼminlaydi.

 

Ushbu vitamin sabzi, sitrus mevalari, jigar, pishloq, tvorog, sut, tuxum, baliq va petrushkada ko‘p bo‘ladi.

 

D vitamini esa tanada kalsiy va fosforning so‘rilishini tartibga soladi. Shuningdek, u suyaklar mustahkamligi, qonning meʼyorda ivuvchanligi, shamollashdan himoyalanish, zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishi, yaxshi kayfiyat va yurak-qon tomirlar salomatligi uchun zarur.

 

Bu vitamin baliq yog‘i, echki suti, sariyog‘, pishloq, tvorog, tuxum sarig‘i, dengiz mahsulotlari, kartoshka, o‘simlik yog‘i, mol go‘shtida bisyor. Shuningdek, organizmda quyosh nuri taʼsirida ajralib chiqadi.

 

S vitamini — terining go‘zalligi, kuchli immunitet, soch va tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun kerak.

 

U ko‘proq sitrus mevalari, sabzi, qizil karam, shivit, naʼmatak, chakanda moyi (oblepixa), qizil rangli mevalar, yashil no‘xat, turp va kivida mavjud.

 

K vitamini — tanadagi jarohatlarning tez bitishi, qon sifati va uning ivuvchanligi meʼyorda bo‘lishiga yordam beradi.

 

U karam, sabzi, ismaloq, qichitqi o‘t, naʼmatak, pomidor, qulupnay va ko‘k choyda mavjud.

 

E vitamini — gormonlar hosil bo‘lishi, qon ivishi, asab to‘qimalari va immunitetni mustahkamlash, reproduktiv tizim faoliyatining yaxshi ishlashi, tashqi salbiy taʼsirlardan himoyalanishni taʼminlaydi.

 

U asosan kungaboqar va zaytun yog‘i, go‘sht, qovoq, jo‘xori, sariyog‘, yong‘oq, sut mahsulotlari va jigarda bor.

 

V1 — organizmda uglevodlar almashinuvi, asab tizimi va miya uchun energiya ishlab chiqarish, jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi. U don mahsulotlari, dukkaklilar va kartoshkada ko‘p miqdorda bo‘ladi.

 

V2 — hujayralarga energiya ishlab chiqarish, ko‘z va teri salomatligi uchun zarur. Ushbu vitamin sut va sut mahsulotlari, jigar, bodom, tuxum, qo‘y go‘shti, qo‘ziqorin, grechka va tvorogda mavjud.

 

V6 — oqsillar so‘rilishi, asab tizimining yaxshi ishlashi va qon tomirlari sog‘lom bo‘lishi uchun kerak.

 

U banan, ko‘k salat, yong‘oq, karam, bug‘doy kepagi va yangi undirilgan nihollari, losos balig‘i hamda go‘shtda bo‘ladi.

 

V12 — asab tizimi va ichaklar salomatligi, mustahkam xotira hamda immunitet va qizil-qon hujayralari ishlab chiqarish uchun zarur.

 

U salat, turli baliq mahsulotlari, sut, pishloq, tuxum sarig‘ida ko‘p uchraydi.

 

Biotin — organizmda uglevod va yog‘lar sintezi, metabolik jarayonlarning faollashishida ishtirok etadi. U asosan jigar, sut mahsulotlari, soya, dukkaklilar, yong‘oqda bor.

 

Foliy kislotasi — yangi hujayralar o‘sishi va anemiyaning oldini oladi. U turli ko‘katlar, no‘xat, mol go‘shti va jigari, buyrak va tuxumda ko‘p miqdorda bo‘ladi.

 

Unutmang! Har qanday vitaminni faqat shifokor tavsiyasi bilangina qabul qilish zarur. Mutaxassis kishining yoshi, jinsi, sog‘lig‘i, turmush tarzi va boshqa omillarga qarab, qaysi vitaminlarni qancha miqdorda ichish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Vitaminlar inson tanasida qanday vazifa bajaradi? | Zamon.uz