Endi Milliy gvardiya xodimlari tog‘lardagi dam olish maskanlarini nazorat qiladi
Shuningdek, tabiatga qilinayotgan shafqatsiz munosabatning oldini olish uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Qiziltog‘” va “Achchiq ko‘l”da dam oluvchilar xavfsizligini taʼminlash uchun Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari biriktirildi.
Dam olish maskanlariga keluvchilarning xavfsizligi, tabiatga qilinayotgan shafqatsiz munosabatning oldini olish uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Dam oluvchilar uchun biohojatxonalar qurildi. Qolaversa, baland tepaliklarga chiqib xavfli harakatlarni amalga oshiruvchi avtomobillar harakati cheklash uchun tepaliklarga chiqish yo‘llari qazilib, o‘tish cheklab qo‘yildi.







