Farg‘onada noqonuniy ohak sexi fosh bo‘ldi
Sexda salkam 70 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlangan.

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida noqonuniy ohak sexi tashkil etgan fuqaro aniqlandi.
Qayd etilishicha, fuqaro A.U. tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Qoratepa Dasht qishlog‘i hududidagi yashash xonadonida tijorat maqsadlarida noqonuniy ohak sexi tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 69,4 mln. so‘mlik 46,2 ming metr. kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan 14.04.2024 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “D” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.U. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







