“Isroilga qarshi operatsiya yakunlandi”
Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Isroilga uyushtirilgan havo hujumi bo‘yicha bayonot berdi.

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, general Bag‘iriy Eronning Isroilga qarshi operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron kerak bo‘lsa, hujumlarni qaytadan boshlashga tayyor.
"Agar sionistik rejim Eron hududi, shuningdek, Suriyadagi yoki boshqa davlatdagi Eron markazlariga qarshi qandaydir chora ko‘rsa, keyingi amaliyotimiz bundan-da qattiqroq va kengroq tus oladi", — dedi u.







