Jizzaxda OIVni qasddan yuqtirib yurganlar aniqlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Jizzaxda ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol o‘z uyida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yana bir holat Sh.Rashidov tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak o‘zida OIV borligini bilsada shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo‘l bilan ushbu ayolga yuqtirgan.







