O'zbekiston

“Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson”

Senatda eng yaxshi ssenariylar tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasining moliyaviy ko‘magida joriy yilning 15 aprel kuni siyosiy partiyalarning ayol vakillari uchun yetakchilik salohiyatini oshirish bo‘yicha 5 kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarga start berildi.

 

Tadbirning asosiy maqsadi — gender tamoyillarini siyosiy hayotda targ‘ib qiluvchilar bo‘lmish milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, siyosiy partiyalarning xotin-qizlar qanotlari va mahalliy kengashlar aʼzolarining salohiyatini oshirish, imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berish uchun kerakli ko‘nikmalar bilan qurollantirishdir.

 

 

Tadbir doirasida “Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” mavzusidagi eng yaxshi ssenariylar tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov joriy yilning mart oyida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan.

 

Tanlovning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning faol siyosiy hayotga qiziqishini oshirish, zamonaviy yetakchi ayol obrazini yaratish hamda ijtimoiy faol, yetakchi, siyosatchi ayollar haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan.

 

Zamonaviy jamiyatni demokratlashtirish ayollarning mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etishini taqozo etmoqda. Shiddatli va murakkab globallashuv jarayonlari davom etayotgan bir sharoitda inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega.

 

 

Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi kunda gender sezuvchan parlamentlarga ehtiyoj har qachongidan ham ko‘proq. Buning uchun siyosiy iroda, yetakchilik, introspeksiya, strategik rejalashtirish, islohot, resurslar va javobgarlik talab etiladi.

 

Siyosatdagi gender tenglik barchaning xilma-xil va bir-biriga mos keladigan ehtiyojlarini hisobga olgan holda inqirozlarga yaxshiroq javob berishga imkon beradi va shu bilan yana-da samarali natijalarga erishiladi.  

 

Tinchlik o‘rnatish va diplomatiya nuqtai nazaridan ayollar yetakchiligi harakatlantiruvchi kuchdir. Chunki ayol delegatlar tomonidan imzolangan shartnomalar mustahkam tinchlikka xizmat qiladi.  

 

Siyosiy qarorlar qabul qilish nuqtai nazaridan ayol rahbarlar kamsitishlarga qarshi kurashish uchun qattiqroq choralar ko‘rishi isbotlangan. Bu borada ularning imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda.

 

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan 50 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.  

 

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashi kafolatlangan.

 

Xususan, Prezidentning 2023 yil 18 dekabr kuni imzolagan Qonunda (O‘RQ-883-son) saylovlarda ayollarning ishtiroki siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizini tashkil etishi belgilandi.

 

O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umumeʼtirof etilgan normalariga sodiq ekanini doimo ko‘rsatib kelgan.

 

2023 yil 1 yanvarda Parlamentlararo ittifoq tomonidan eʼlon qilingan “Ayollar siyosatda” jahon reytingida dunyoning 190 milliy parlamenti orasida mamlakatimiz 45-o‘rinni egalladi.

 

O‘tgan yil sentyabr oyida eʼlon qilingan ochiq gender maʼlumotlari indeksida O‘zbekiston 69,7 ball bilan dunyoning eng yaxshi 20 ta mamlakati qatoriga kirdi.

 

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari tarmog‘i hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston 8 pog‘onaga ko‘tarildi, 166 mamlakat orasida 69-o‘rinni egalladi (2022 yilda 77-o‘rinda edi).

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

“Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” | Zamon.uz