O'zbekiston

Toshkentda rektorlar forumi boshlandi

Unda 100 ga yaqin OTM rahbarlari qatnashmoqda.

Toshkentda rektorlar forumi boshlandi

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman "2030 yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari" mavzusiga bag‘ishlandi.

 

 

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.

 

Anjuman davomida universitetlarning fan va taʼlim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, taʼlim sifatini taʼminlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

 

 

Forum yakunida oliy taʼlim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va "Yo‘l xaritalari" imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda rektorlar forumi boshlandi | Zamon.uz