Nukusdan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yilmoqda
Ilk parvoz ertaga amalga oshiriladi.

17-iyundan boshlab Nukus — Istanbul — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga quyiladi.
Aviaqatnovlar yo‘lga quyilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad Qoraqalpog‘iston Respublikasiga turistlar oqimini ko‘paytirish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatishdir.
Parvozlar haftaning har dushanba kuniga rejalashtirilgan.







