O'zbekiston

“Tolibon” O‘zbekiston neftini ortiga qaytargani aytildi

Bojxona qo‘mitasi tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

“Tolibon” O‘zbekiston neftini ortiga qaytargani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston sifati past bo‘lgani uchun 120 tonna neft mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yuborganiga doir xabarlar tarqalmoqda. Ammo, bunda voqelik biroz noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

 

"Gap shundaki, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va mamlakatimiz hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.

 

Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024 yil 6 aprel kuni “Ayritom” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan.

 

Shu o‘rinda ommaviy axborot vositalaridan ikkala mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni inobatga olib, bu kabi axborotlarni tarqatishdan oldin sinchiklab o‘rganishlarini so‘raymiz.

 

Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati bojxona organlari faoliyatiga doir axborotlarning xolisligi va haqqoniyligini taʼminlashda keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qilamiz", — deyiladi munosabatda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.