Uchtepa tuman deputati 14 yoshli bolani zo‘rlaganlikda ayblanmoqda
Hozirda u hibsga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlardan maʼlum bo‘lishicha, 13 aprel kuni Nuriddin Zaynitdinov Jinoyat kodeksining 119-moddasi, yaʼni Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib hibsga olingan.
Jinoyat qurboni 14 yoshli o‘smir bo‘lib, uning ota-onasi jinoyat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Nuriddin Zaynitdinov - Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat, shu kengashning sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi aʼzosi hisoblanadi.







