O'zbekiston

Prezidentga xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi

Endi davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda uning boshlang‘ich bahosi pasaytiriladi.

Prezidentga xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2024 yilgi xususiylashtirish dasturi va uning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

 

Shu yil 16 yanvar kuni iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasiga yangi xususiylashtirish dasturini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan edi. Shunga asosan, davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari samaradorlik jihatidan tahlil qilinib, yangi dastur ishlab chiqildi.

 

Xususan, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida ommaviy savdolarga chiqariladigan 250 ga yaqin ulushlar ro‘yxati, davlat ishtirokidagi korxonalarning qariyb mingta ko‘chmas mulk obyekti ro‘yxati, mahalliy fond bozorida aksiyalarning ommaviy taklifi o‘tkaziladigan 12 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.

 

Ilgari savdoga qo‘yilgan ayrim inshootlar sotilishida ham muammolar bor. Buni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida qator yengilliklar belgilanmoqda.

 

Masalan, davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich bahosi 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi. 2024 yil 1 yanvargacha auksion orqali ijaraga olganiga kamida 5 yil bo‘lgan va majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga davlat mulkini baholangan qiymatda sotib olish taklif etiladi.

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) boshlang‘ich qiymati 30 foizigacha, 6 oyda sotilmaganda 10 foizigacha pasaytiriladi. To‘lovlarning 15 foizini 3 oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

 

Xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun to‘lovlarni Xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirishga ruxsat beriladi.

 

Shuningdek, yangi dastur doirasida, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun hamda xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun savdolarga chiqariladigan yer uchastkalarining ro‘yxatlari shakllantirildi hamda ularni savdoga chiqarish soddalashtirildi.

 

Bu borada ham yangi tartiblar belgilash taklif etilmoqda. Jumladan, master-reja asosida xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan yer uchastkalari zamonaviy servis va savdo-maishiy obyektlarni qurish uchun auksionga chiqariladi. Sotilgan yer uchastkalari xaridorga cheklovlarsiz rasmiylashtirib beriladi.

 

Yig‘ilishda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, buni jadallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

Agrar sohaga xizmat ko‘rsatuvchi davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari bu jarayonlarni jadallashtirish, xususiylashgan bino-inshootlar negizida tadbirkorlikni rivojlantirib, ko‘proq ish o‘rinlari ochish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

O‘z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, samarasiz foydalanilayotgan va bo‘sh turgan aktivlarni sotish mahalliy hokimlik va tarmoq rahbarlarining asosiy vazifalaridan bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentga xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi | Zamon.uz