O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev ertaga Tojikistonga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Tojikistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

 

Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

 

Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.

 

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.