O'zbekiston

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketdi: 4 kishi jarohatlandi

Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi. Shuningdek, voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz'ga qo‘shimcha maʼlumot taqdim etdi.

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketdi: 4 kishi jarohatlandi

16 aprel kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi xabar berdi. 

 

"Attraksion mavsum oldidan to‘liq texnik shahodat sinovlaridan o‘tkazilmagan. Uni tayyorlash va texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun masʼul shaxs tayinlanmagan, mavsumga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ham tuzilmagan", — deyiladi qo‘mita xabarida.

 

Qo‘mitaning qo‘shimcha qilishicha, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun tashkilotning istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganiladi.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Zamon.uz‘ga maʼlum qilishicha, ushbu holat shaharning At-Termiziy ko‘chasida joylashgan Termiz avenue park MCHJga qarashli Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 4 nafar — 11 va 15 yoshli qizlar hamda 27 va 29 yoshli ayollar jarohatlangan.

 

Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Termiz shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketdi: 4 kishi jarohatlandi | Zamon.uz