Ukraina Qrimdagi harbiy aerodromga hujum qildi
Hodisa oqibatida yong‘in chiqqani aytilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, tunda kuchli portlashlar sodir bo‘lgan, shundan so‘ng katta yong‘in yuzaga kelgan.
Qrim transport vazirligi Jankoy - Feodosiya yo‘lining bir qismi yopilganligi haqida ogohlantirdi.
Hujumga uchragani aytilayotgan Jankoydagi harbiy-havo kuchlari bazasida Janubiy harbiy okrug 4-qo‘mondonligining 27-aviatsiya diviziyasining 39-vertolyot polki, 3 ta aviatsiya eskadroni joylashtirilgan edi.
Hozircha Kiyev ham, Moskva ham hujum va uning oqibatlari haqida rasmiy maʼlumot bergani yo‘q.







