Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda
Bu haqda Marokash qishloq xo‘jaligi vaziri maʼlum qildi.

Muhammad Sodiqiy maʼlum qilishicha, Marokash bu yil misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik tufayli mamlakatdagi ekin maydonlarining 20 foizini yo‘qotishi mumkin.
“Qurg‘oqchilik tufayli 2,5 million gektar maydonning 20 foizini yo‘qotamiz”, — deya ogohlantirdi vazirlik rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda ekin maydonlari 2023 yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
Marokash beshinchi yildirki kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining asosini tashkil etuvchi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun eng jiddiy tahdidlardan biridir.







