O'zbekiston

O‘zbekistonda energiya tarmog‘iga ajratilgan mablag‘larni ochiqlash taklif etildi

Deputat Bobur Bekmurodov bu bo‘yicha o‘z fikrlarni bildirdi.

O‘zbekistonda energiya tarmog‘iga ajratilgan mablag‘larni ochiqlash taklif etildi

Avvalroq Hukumat qarori bilan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlangani xabar qilingandi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov “tabaqalashtirilgan tariflar” sabab boylar o‘z xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotatsiya olmasligi kerakligi haqida yozdi.

 

Uning yozishicha, O‘zbekistonda elektr energiyasi isteʼmoliga to‘lovlar uning tannarxiga mos kelmaydi, oradagi tafovut davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. Bunday yondashuv fuqarolarning moddiy imkoniyatidan qatʼi nazar, butun aholi uchun qo‘llaniladi.

 

“Energiya resurslarining jiddiy tanqisligi sharoitida moddiy taʼminlangan fuqarolar xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotatsiya olmasligi kerak, deb hisoblaymiz”, — deydi u.

 

Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini isteʼmol qiladi. 75 foiz aholining isteʼmoli esa 200 kVt/soatdan oshmaydi. O‘zbekistonning energetika tarmog‘i tub islohotlarga muhtoj, shu munosabat bilan tariflarni o‘zgartirish va bozor mexanizmlarini joriy etish zarurligini taʼkidladi Bobur Bekmurodov.

 

Bobur Bekmurodov masʼul vazirlik va idoralarni quyidagilarni inobatga olishga chaqiradi:

 

  • Qaror ijrosi doirasida markaziy isitish tizimi va tabiiy gazdan foydalanish imkoni yo‘q hududlardagi sharoitlarni hamda asosiy issiqlik manbalari pechka va konditsionerlar ekanligini hisobga olish zarur;

  • Energetika vazirligi yuqori kuchlanish bo‘lganda maishiy texnikalariga zarar yetgan isteʼmolchilarga kompensatsiya to‘lash mexanizmlarini ishlab chiqishi zarur;

  • Hukumat davlat byudjetidan energiya tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi kerak;

  • Xorijiy tajribani o‘rganish ham muhim. Masalan, differensiyalangan tariflar qo‘llaniladigan mamlakatlarda elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan paytlarda (anomal havo sharoitlarida) tarif normalari sezilarli darajada oshiriladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda energiya tarmog‘iga ajratilgan mablag‘larni ochiqlash taklif etildi | Zamon.uz