Samarqandlik ayol 2 farzandi bilan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qildi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atilgan.

15-aprel kuni Smarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro N.M. Samarqand viloyati IIB navbatchilik qismining 102 raqamiga murojaat qilib, unda Samarqand shahri, “Vatanparvar” mahallasi, "Spirina" ko‘chasida yashovchi kelini I.Y. ikki nafar farzandi bilan shu yilning 15 aprel kuni soat 15:00 atrofida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketganligini maʼlum qilgan.
2024 yil 16 aprel kuni soat 08:00 atrofida “Darg‘om” kanalining Toyloq tumani, "G‘o‘lba" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan voyaga yetmagan A.N. (qiz bola) va M.N.ning (o‘g‘il bola) murdasi topilgan
Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol 2 nafar farzandi bilan o‘zini “Darg‘om” kanaliga tashlab joniga qasd qilgan. Ayol nima sababdan joniga qasd qilgani hozircha maʼlum emas.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.







