O'zbekiston

Ertaga Toshkentda harbiylarning tantanali yurishi o‘tkaziladi

Ayrim ko‘chalarda xizmatchilarning qo‘l jangi va Faxriy qorovul jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Ertaga Toshkentda harbiylarning tantanali yurishi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurishi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik rasmiy kanalida xabar berildi.

 

Tadbir aholida Vatan himoyachilariga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Qurolli Kuchlar akademiyasi (Mustaqillik ko‘chasi) – Amir Temur xiyoboni – Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti (Temiryo‘lchilar ko‘chasi) – Toshkent markaziy EKO bog‘i («EKO» park, Maxtumquli ko‘chasi) – Toshkent Markaziy bog‘i (Hamidulla Oripov ko‘chasi) – Qurolli Kuchlar akademiyasi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanish davomida harbiy xizmatchilarning bo‘linma tarkibida, orkestr sadolari ostida, saf qo‘shiqlarini ijro qilgan holda tantanali piyoda yurishi rejalashtirilgan.

 

Amir Temur xiyoboni hamda Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti hududi maydonida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va Faxriy qorovul jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmaning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi.

 

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishi 20 aprel kuni soat 12:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasi asosiy darvozasidan boshlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ertaga Toshkentda harbiylarning tantanali yurishi o‘tkaziladi | Zamon.uz