O'zbekiston

Fargʻona viloyatida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tezkor tadbirlar o'tkazildi.

Fargʻona viloyatida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlarda:

▪Quva tumanida yashovchi, 1977-y.t., muqaddam sudlangan shaxs 2020-yilda tuman hokimining qarori asosida, oʻzining qarindoshiga “Yoshlar mehnat guzari” bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

▪Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 1959-y.t. shaxs 2016-yilda oʻzining oʻgʻli nomiga tashkil etilgan bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjalikka tuman hokimining 2019-yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bogʻdorchilik yoʻnalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qoʻshimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar yer maydonini xaridorga 30 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

▪Toshloq tumanida yashovchi, 1981-y.t., muqaddam sudlangan shaxs tuman hokimining 2017-yildagi qarori bilan oʻz akasiga issiqxona va bogʻdorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix yer maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

 

▪Rishton tumanida yashovchi, 1986-y.t. shaxs davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Fargʻona viloyatida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi | Zamon.uz