O'zbekiston

Jizzaxda Gentra haydovchisi ikki maktab o‘quvchisini urib ketdi

Qurbonlarning har ikkalasi ham maktab o‘quvchilari.

Jizzaxda Gentra haydovchisi ikki maktab o‘quvchisini urib ketdi

Jizzax viloyati IIB YHXB xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 15 aprel kuni soat 12:40 larda G‘allaorol tumanidagi “Oqtom” mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Shu kuni Bahmal tumanida yashovchi 32 yoshli haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Gentra‘da yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda maktab tomon harakatlanib ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan.

 

"100 tezlikda kelayotgandim. Boshqaruvni yo‘qotdim. Asfalt yo‘lida yomg‘ir edi. Mashinamning orqasi o‘ynab ketdi. Qo‘rqqanimdan rulni to‘g‘irlay olmadim. Natijada, bolalarni urib yubordim", - deydi haydovchi.

 

YTH natijasida, bolalar vafot etishgan. Mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni urib ketgan. Mashina zarbi kuchidan u ham vafot etgan.

 

Aniqlanishicha, haydovchi 2023 yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"