“O‘quvchilik davri kelgusi hayotimiz uchun tramplin bo‘ladi”
Aktyor Shohruh Hamdamov Farg‘onada maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, investitsiyalarni qayerga tikish kerakligini aytib o‘tdi.

Ikki kundan buyon “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shoira ostida tashkil topgan Kinokarvon Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
Loyiha ishtirokchilarining navbatdagi manzili Farg‘ona tumani bo‘ldi. Unda sanʼatkorlar maktabda aholi bilan uchrashdi. Tadbirda Shohruh Hamdamov o‘zbek kinosining bugungi kuni haqida aytib o‘tib, yoshlarga maktabning inson hayotidagi o‘rnini alohida taʼkidladi.
“10-15 yil avval qachon maktabni bitiraman deb o‘ylardik. Lekin hozir maktabimizga borsak, vaqt ortga qaytsa-yu shu maktabda 20 yil qayta o‘qishga ham tayyorman deb o‘ylaymiz.
Yaʼni maktab bizga yoshlikni eslatsa, o‘quvchilik davri esa kelgusi hayotimiz uchun tramplin bo‘ladi. Axir hozir harakat qilsa bas. Nimaiki niyat bo‘lsa, hammasiga erishish mumkin. Bu o‘zimdan misol. Hozirgacha barcha maqsadlarimni barchasiga erishdim.
Yaqinda xabar o‘qidim. Yaponiyada bir inson million dollarini maktabga qoldirmoqchi bo‘libdi. Undan nega hamma boyligingni maktabga pul beryapsan deb so‘rashsa, “men kelajakka pul tikyapman”, debdi. Buni aytishimni sababi, investitsiyalarni qayerga tikish kerakligi haqida”, dedi aktyor.







