Qirg‘izistonda TikTokka kirish cheklandi
Bunga platforma mamlakat qonunchiligini buzgani sabab bo‘lgan.

Qirg‘izistonda TikTok platformasiga kirish cheklandi. Bu haqda mamlakat Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.
“Aloqa operatorlariga TikTok xizmatidan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xat yubordi”, — deyiladi departament matbuot xizmati xabarida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga TikTok tomonidan “Qirg‘iziston Respublikasida bolalar salomatligi va jismoniy, intellektual, aqliy, maʼnaviy-axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunga rioya etmagani asos bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyi oxirida Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTokʼni bloklash to‘g‘risidagi qaror qabul qilgandi.







