O'zbekiston

Сhiqindi xizmati uchun yagona to’lov ta’riflari belgilandi

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Сhiqindi xizmati uchun yagona to’lov ta’riflari belgilandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi.

 

Yana besh hududda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha aholi uchun 4 032 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 72 240 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori belgilandi.  

  • Jizzax viloyatining jami 13 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 6 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 60 000 so‘m va 1 tonna uchun (QQSsiz) 135 420 so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi maʼqullandi.

  • Sirdaryo viloyati bo‘yicha aholi uchun 4 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 81 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.

  • Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 4 500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70 000 so‘m to‘lov tariflari miqdori tasdiqlandi.

  • Qarshi shahri bo‘yicha aholi uchun 6 160 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 89 600 so‘m to‘lov miqdori joriy etildi.

 

Ta'kidlash joizki, ushbu chora-tadbirlar davlatimiz rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusiga ko‘ra Xalq deputatlari hududlar Kengashlarining tegishli sessiya qarorlari bilan belgilangan mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Bu borada ishchi organ etib belgilangan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida to‘lov tariflariga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, xususan, ish haqi 1,5 baravarga, avtotransport yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlari qiymati hamda kommunal xizmatlar, jumladan, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvi narxlari 2 baravarga, siqilgan tabiiy gaz narxi 4 baravarga, benzin 1,5 baravarga, dizel yoqilg‘isi esa 2 baravarga oshgan. Biroq hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tasdiqlangan to‘lov tariflari oxirgi 2-4 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmagan, bu esa sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, ularning 2022-yil yakuni bo‘yicha rentabellik darajasi keskin pasayib ketgan.

 

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamizning qolgan boshqa hududlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflarini belgilashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahri hamda Buxoro, Namangan, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari  belgilangan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Сhiqindi xizmati uchun yagona to’lov ta’riflari belgilandi | Zamon.uz