24 yoshli yigit futbol o‘ynab vafot etdi
Uning o‘lim sabablari hali aniq emas.

Moldavaning Choresku shahrida 24 yoshli yigit futbol o‘ynab vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashlar xabar bermoqda.
Hodisa 17-aprel kuni soat 22:40 atrofida “Futsal Arena” sport majmuasi yonidagi stadionda sodir bo‘lgan.
Yigit futbol o‘yini vaqtida hushini yo‘qotgan. Shundan so‘ng tez yordam brigadasi yetib kelgan, biroq ular futbolchining hayotini saqlab qololmagan.
Hozicha o‘lim sabablari nomaʼlum.







