O'zbekiston

Avtobusda ayolga tegajog‘liq qilgan 45 yoshli erkak qamaldi

Holat 2023 yili sodir bo‘lgan.

Avtobusda ayolga tegajog‘liq qilgan 45 yoshli erkak qamaldi

19-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlik qilish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.

 

Holat 2023 yilning 15 noyabr kuni sodir bo‘lgan. 1979 yilda tug‘ilgan A.R. Termiz shahri avtovokzalidan Toshkent shahriga kelayotgan avtobusning ichida bo‘la turib, yonida o‘tirgan ayolning uxlab qolganidan foydalangan holda unga tegajog‘lik qilgan. Uyg‘onib ketgan ayol unga qarshilik ko‘rsatgan, erkak esa u bilan janjallashib, avtovokzalda ommani o‘ziga qaratgan.  

 

Sudda so‘roq qilingan huquqbuzar erkak ayolga qo‘li tegib ketganligini, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonda ekanligini aytib, unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

 

Ayol esa avtobusda yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan A.R. u uxlab qolganidan foydalanib, kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegajog‘lik qilganini, shundan so‘ng uyg‘onib ketganligi va haydovchiga holatni bildirganini, erkak u bilan janjallashib, haqorat qilganligini aytib ko‘rsatma bergan. Jabrlanuvchi ushbu holat 2023 yil 15 noyabr kuni sodir bo‘lganiga qaramasdan IIO xodimlari A.R.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishmaganligini maʼlum qilgan. 

 

Sud qaroriga ko‘ra, A.R. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.