Ertaga 6-BYD Toshkent xalqaro marafon bo‘lib o‘tadi
Unda 45 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashadi.

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni qabul qiladi. Mana ketma-ket 6 yildirki Toshkent xalqaro marafoni 720 million so‘mlik marafonning rekord darajadasigi sovrini uchun kurashib kelayotgan yaqin xorijiy davlatlarning eng yaxshi va iqtidorli yuguruvchilarni birlashtirib kelmoqda. Shuningdek, marafon tarixida birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida kurs rekordini o‘rnatish uchun qo‘shimcha to‘lovlar taqdim etiladi – marafon masofasi uchun 15 million so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 million so‘m.
6-BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga 4 ta masofa: 3 va 10 km ommaviy yugurish musobakasi, 21 km yarim marafon va 42 km marafon masofasi kiritilgan. 20 aprel kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hududida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarni jamlagan 300 dan ortiq kishi ishtirok etgan Kids run va Shimoliy yurish poygalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga imkoniyati cheklangan yuguruvchilar ham qo‘shildi.
6-Toshkent xalqaro marafonining titul hamkori BYD O‘zbekiston yarim marafon va marafon chempionati dasturi doirasida O‘zbekistonning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash uchun 2 ta avtomobil taqdim etadi.
6-BYD Tashkent xalqaro marafoni an’anaviy tarzda “Humo Arena”ning start va finish maydonchasi o‘tkaziladi.







