Hindistonlik er-xotin butun boyligini odamlarga tarqatib, endi tilanchilik qilmoqchi
Ulaning bu qaroriga nima sabab bo‘lgan?

Mamlakatning Gujarat shahrida badavlat er-xotin o‘zlarining 24 million dollarlik boyliklarini xayriya ishlariga berishga va endi tilanchilik orqali kun kechirishga qaror qilishdi.
Gap shundaki, ular rohiblikni qabul qilish uchun shunday ishga qo‘l urishgan. Er-xotin barcha mol-mulkini, uyidagi jihozlarigacha odamlarga tarqatib yuborishgan. Hozirda ular ibodatxonada yashamoqda.
22- aprel kuni juftlik barcha mol-mulkidan rasman voz kechadi va uzoq muddatli safarga chiqishadi. Ular endi dunyo kezib, tilanchilik orqali rizqini terib yashamoqchi.
Maʼlumot uchun, Bhavesh Bhandari va uning rafiqasi bungacha qurilish biznesi bilan shug‘ullangan. Ular bu orqali katta boylik orttirib, hashamatli hayot kechirishdi, nomida ko‘plab mulklari, qimmatbaho mashinalari bor.







