Ikkita lola uzgan shaxs jarimaga tortildi
Reyd Ohangaronda o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida ikki dona tog‘ lolasini uzgan shaxs 1,7 mln so‘m jarimaga tortildi.
Reyd davomida Ohangaron tumani “Chetsuv” MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan ikki dona tog‘ lolasini uzib tabiatga zarar yetkazgani aniqlangan.
Ushbu holat uchun huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va 1 million 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llangan.







