O'zbekiston

O‘zbekistonga olib o‘tilgan 20 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Ushbu narkotik moddalar internet tarmog‘i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonga olib o‘tilgan 20 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida bir nechta tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Jumladan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi maʼlum bo‘lib, ular tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatga bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda Qozog‘istondan olib kelingan va kelgusida ularni kichik bo‘laklarga bo‘lgan holda, internet tarmog‘i orqali sotish rejalashtirilgan.

 

Boshqa holatda esa 3 dona avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilib, Rossiyadan yuk avtomashinasida yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qabul qilib olgan vaqtida, Toshkent shahrida yashovchi 2 nafar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi bir nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar ham kichik bo‘laklarga bo‘lingan holda, internet tarmog‘i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilgan.

 

Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi borligi maʼlum bo‘ldi. 

 

Mazkur shaxs Rossiyadan keltirilgan ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni kichik bo‘laklarda Yangihayot va Sergeli tumanlari hududidagi xufiya joylarga yashirib, so‘ngra ularni “Telegram” messenjeri orqali mijozlarga sotishni reja qilgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonga olib o‘tilgan 20 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi | Zamon.uz