Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi
Qurbonlar bor.

Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Minoru Kixara maʼlum qildi.
Vertolyotlar Tokiodan 600 km janubda joylashgan Izu orollari hududida patrul o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashgan.
Har bir vertolyotda to‘rt kishi bo‘lgan. Halokatning taxminiy sababi to‘qnashuv bo‘lgan, deb xabar bermoqda NHK.







