Qashqadaryolik yigit Matizga solib ketilib, “somosud” qilindi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bir yigit samosud qilingani aks etgan videolar tarqaldi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, holat 21 aprel kuni soat 16:00 lar atrofida yuz bergan. Qarshi shahrida yashovchi yigit tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi fuqaroni Qarshi shahar “Vatanparvarlar bog‘i” oldidan “Matiz” rusumli avtomashinaga mindirib, shaharning G‘afur G‘ulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.







